Contacts
Markaz direktorining tegishli buyrugʼiga asosan 22 maydan "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kursida navbatdagi guruh oʼz faoliyatini boshladi. Ushbu oʼquv kursi jami 248 soatdan iborat boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda paxta tolasini standartlashtirish va sertifikatlashtirish, marketing asoslari, paxtani dastlabki ishlash reglamenti, yongʼin xavfsizligi kabi mavzularidan tashkil topgan.
Joriy yilning 17 may kuni Markazning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan urug‘chilik yo‘nalishidagi dala tajriba maydonida boshoqli don ekinlarining navdorligini baholash yuzasidan nav nazorati tashkil etildi. Markazda bunday sinovlar respublikada davlat ehtiyoji uchun yetishtiriladigan boshoqli don urug‘lari nav namunalarining genetik (nav) sifati (navdorligi)ni baholash bo‘yicha doimiy o‘tkazilib boriladi. Nav nazorati ilmiy-tadqiqot institutlari, urug‘lik yetishtiruvchi xo‘jaliklar va xorijda yetishtirilib (import qilingan) Respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan, Davlat reyestriga kiritilgan qishloq xo‘jalik ekinlari va istiqbolli boshoqli don ekinlari navlarining dorilanib tayyorlangan urug‘lik to‘dalaridan tanlab olinib, nav namunalarini ekib o‘rganish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Navlarning genetik (nav) sifati (navdorligi) ko‘rsatkichlarini aniqlash malakali mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti va Hukumatning tegishli qaror talablari asosida olib boriladi. Hozirgi kunda, Markazning 3 gektarlik dala tajriba maydonida “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida ekish uchun tayyorlangan urug‘lik bug‘doylarning 50 ta navlari bo‘yicha 3 ta avlodidan jami 330 ta nav namunalari, yaʼni ko‘paytirish ko‘chatzori avlodidan 44 ta, original (superelita) avlodidan 176 ta va elita avlodidan 110 ta nav namunalari ekilib parvarish qilinmoqda. (18 ta xorijiy nav va 32 ta mahalliy navlar ekilgan) Bunday nav sinovlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad, qonun, hukumat qarorlari va qonunosti normativ hujjatlar ijrosi taʼminlash bo‘lsa, ikkinchidan, respublikada davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan urug‘liklarning genetik (nav) sifatini taʼminlash, nav aralashmalari yuqori bo‘lgan maydonlaridan urug‘lik don olinishini oldini olish, navdorlikning buzilib ketishi, yaʼni nav aralashishini oldini olish, don sifatini yaxshilab borish hamda urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlarga navdorlik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan urug‘liklar yetkazib berishdan iboratdir. “O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati
Andijon viloyati Andijon tumani Don va dukkakli ekinlar ITIda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda urug‘lik don yetishtirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, yutuq va muammolar, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar xususida atroflicha so‘z yuritildi. O‘quv-amaliy seminar ishtirokchilari dastlab Oltinko‘l tumanidagi “Andijondonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi urug‘lik tsexi faoliyati, mavsumga tayyorgarlik borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida sinovdan o‘tkazilayotgan kuzgi yumshoq bug‘doyning xorijiy va mahalliy navlarini ekologik nav sinovi, birlamchi urug‘chilik tizimi hamda tajriba maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish loyihasi bilan tanishdi. - Urug‘lik don yetishtirish qishloq xo‘jaligi rivoji, umuman, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori R. Siddiqov. - Shu maʼnoda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminar mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirishga yordam beradi. Anjumanda Qishloq xo‘jaligi vazirligining masʼul rahbar va mutaxassislari bilan bir qatorda Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi nazorat qilish boshqarmasi" boshlig‘i M. Qurbonboyev, bosh mutaxassis Sh.Xayitov hamda "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko'rsatish markazi" DUK direktori J. Karimovlar ham ishtirok etib, tadbir qatnashchilarining “Boshoqli don ekinlari urug‘lik maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish tartibi”, “Respublikada ekilayotgan boshoqli don ekinlari navlari va ularni hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib joylashtirish”, “Yangi yaratilayotgan va istiqbolli g‘alla navlarini Davlat nav sinash uchastkalariga topshirish va sinovdan o‘tkazish” kabi mavzularga oid maʼruzalari tinglandi. Ishtirokchilar tomonidan maʼruzalar, shuningdek, mavzu doirasidagi ishlar samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. Mavzu bo‘yicha ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassis va mutasaddilar batafsil javob qaytardi.
Joriy yilning 11 may sanasida “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Agroinnovatsiya” tok-shousining navbatdagi sonida "O'zagroinspeksiya"va "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko'rsatish markazi" Davlat unitar korxonasi mutaxassislari ishtirok etdilar. Ko‘rsatuvning ushbu soni "O'zagroinspeksiya" va Markazda amalga oshirilayotgan yangiliklarga bag’ishlandi. Ushbu ko'rsatuvni quyidagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin
"O‘zagroinspeksiya”ning 2023-yil 30-martdagi 01/4-7-561-sonli topshirig'i bilan yuborilgan 2023-yil 28-fevraldagi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e‘tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi PF-27-son farmoni va “CHORA- TADBIRLAR” dasturining 13-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, Markazda hamda xududiy filiallarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli o'rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasiga ko'ra Markazning Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali va markaziy apparatda faoliyat yurutayotgan, nogiron farzandi bor, kam ta'minlangan va saraton kasalligiga chalingan ayollarga Ramazon xayiti munosabati bilan moddiy yordam ko'rsatildi. Kelajakda ushbu savobli ishlarni davom ettirish hamda korxonada mehnat qilayotgan ayollarni xar taraflama qo'llab-quvvatlash maqsadida Markazning xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti tomonidan ishlar davom ettirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda "O'zagroinspeksiya"ning tegishli buyruqlariga asosan xodimlarning kasbiy bilimlarini oshirish bo‘yicha Vazirlik tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Xukumatining qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan normativ xuquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida, hamda sohaga oid islohotlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar", "Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, erishilgan natijalar va istiqbolli vazifalar to‘g‘risida", "Dorivor o‘simliklar yetishtirish sohasiga oid islohotlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar" hamda "Respublikada g‘allachilikni rivojlantirishga oid 2021-2022-yillarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar mohiyati, amalga oshirilgan natijalar va galdagi vazifalar to‘g‘risida" mavzularida videodarsliklar asosida "Kasbiy ma’rifat" soatlari o‘tkazilib, Markaz xodim va mutaxassislari ushbu mavzularni to‘liq o‘zlashtirishi ta'minlanmoqda.
Poll
Contacts
Contact form