Contacts
Joriy yilning 18 oktabr sanasida Markazning majlislar zalida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM Kasaba ushmasi qo‘mitasi raisi, Markaz rahbariyati va xodimlari, “Agrosanoat xodimlarining Toshkent shahri birlashgan Kasaba uyushmalari kengashi mas’ul xodimlari hamda Zoom platformasi orqali hududiy filiallar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishning birinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun va mohiyati to‘g‘risida professor, yuridik fanlar doktori F.A. Muxiddinova tomonidan ishtirokchilarga tushuntirishlar berib o'tdi.
Kun tartibining ikkinchi masalasi - 21-oktabr O‘zbek tili bayrami yuzasidan F.A. Muxiddinova o'zbek tilining kelib chiqishi, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi roli va nufuzini tubdan oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi.
Yig'ilish yakuniga ko'ra, Yurtimizda qurayotgan jamiyat fuqarolik jamiyatidir, unda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida himoya qilinadi. Ishchi-xodimlarni haq-huquqlarini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini yanada mustahkamlash, o‘zbek tiliga e’tiborni kuchaytirish va o‘zbek tilida ish olib borilishini qat’iy ta’minlash borasida tinimsiz ish olib borish, shu borada Davlatimizni yanada obod, ko‘rkam, zamonaviy tus olishi uchun qo‘ldan keladigan barcha ishlarni amalga oshirish, ayollar orqali oilada tinchlik, xotirjamlik, barqarorlikni ta’minlashga erishish “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Markazning mutasaddi rahbar va xodimlarining asosiy vazifasi etib belgilandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining yigʼilishida 15 oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb rasman eʼlon qilingan boʼlib, bugungi kunda dunyoning koʼplab davlatlarida mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, ular uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijalaridan biridir. Ushbu sana arafasida joriy yilning 12 oktyabr sanasida Markazda mehnat qilayotgan va soha faoliyatiga oʼz hissasini qoʼshayotgan xotin-qizlar Markaz rahbariyati va xodimlari ishtirokida munosib taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya”ning chora-tadbirlar rejasi 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-sentyabr kuni Markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun ko‘xna Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida Markazda mehnat qilayotgan 40 nafardan ortiq xotin-qizlar qadimiy Samarqand shahrining tarixiy joylari, jumladan Go‘ri Amir, Shohi zinda, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni kabi muqaddas qadamjolari, hazrati Xizr masjidi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishdi. Bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom etirilishi rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning 25 avgust sanasida "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining II-2023-sonli guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi. Ushbu imtihonlar Markaz va "O'zagroinspeksiya"ning tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, yakunda kurs tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslari tinglovchilari navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda qatnashdilar.
Joriy yilning 16 avgust kuni II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan laboratoriyada tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra, navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.
Ushbu mashg'ulotlar jarayonida Markazning malakali mutaxassislari D.Nizamov va U.Xasanov guruh tinglovchilariga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligi, GMO va havfsizligini aniqlash hamda sertifikаtlаshtirish bo'yicha ma'lumotlar berib o'tidilar.
Poll
Contacts
Contact form