Aloqa
Joriy yilning 7 oktyabrь sanasida Markazning majlislar zalida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan "Korrupsiyaga qarshi kurashish qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi. Mazkur seminarda Markaz rahbariyati, boshqarma va boʼlim boshliqlari, mutaxassislar, filial rahbarlari (onlayn ravishda) hamda "Oʼzagroinspeksiya"ning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʼlimi bosh inspektori Sh. Xamraevlar ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari yigʼilganlarga korrupsiya boʼyicha asosiy tushunchalar, uning koʼrinishlari, turlari va unga qarshi kurashni tashkillashtirishda qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari boʼyicha batafsil tushuntirish berishdi. Shuningdek, seminar davomida Markaz xodimlariga ish jarayonida ehtimoliy korrupsiya boʼyicha aniqlangan holatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni zudlik bilan Markazning kadrlar boʼlimi yoki Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʼlimiga taqdim etib borishlari toʼgʼrisida kelishib olindi.
"Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" davlat unitar korxonasi aziz ustozlar va murabbiylarni 1- oktyabrь - "Oʼqituvchi va murabbiylar kuni" bilan samimiy muborakbod etadi! Doimo sogʼ-salomat va omon boʼling, aziz ustozlar!
“Агросаноат мажмуида хизматлар кўрсатиш маркази” ДУКда вакант турган - Коррупцияга қарши ички назорат хизмати бош мутахассиси лавозимига очиқ танлов ўтказилишини маълум қилади. МАЛАКАВИЙ ТАЛАБЛАР: олий юридик маълумот; коррупцияга қарши курашиш соҳасида етарли кўникмага эга бўлиши; давлат тилини мукаммал билиши; замонавий ахборот-коммуникация технологияларидан фойдалана билиш (аъло даражада); тезкор қарор қабул қилиш ва уни амалга ошира олиш. Бош мутахассисга қўйиладиган шахсий фазилатлар: таҳлилий ва муқобил фикрлаш; ташаббускорлик; бурч ва жавобгарлик ҳисси; принципиаллик, ҳалоллик, одоблилик; жамоада ижобий муносабатларни яратиш қобилияти; янги, илғор тажрибаларни кўра олиш, қўллаб-қувватлаш ва ишда қўллай олиш қобилияти; танқидни кўтара олиш. ЛАВОЗИМ МАЖБУРИЯТЛАРИ 1. Марказнинг коррупцияга қарши курашиш бўйича фаолиятини такомиллаштириш; 2. Марказда коррупцияга оид ҳуқуқбузарликларни профилактика қилиш ва уларга қарши курашиш; 3. Марказда коррупцияга қарши курашиш тизимини самарали ишлашини таъминлаш ва назорат қилиш; 4. Коррупцияга қарши курашиш бўйича фаолиятни амалга оширувчи ҳамда унда иштирок этувчи бошқа давлат органлари ва ташкилотлари билан ҳамкорликни олиб бориш. ИШ ШАРОИТЛАРИ Иш кунлари: душанба, сешанба, чоршанба, пайшанба, жума. Дам олиш кунлари: шанба, якшанба. Иш вақти: 09: 00 дан 18:00 гача Танловда иштирок этиш учун ҳужжатларингизни 2022 йилнинг 5 октябрига қадар қуйидаги электрон манзилга юборишингиз мумкин: info@agroxizmat.uz
“Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasi mehnat jamoasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish hamda oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PF-81-sonli, 2022yil 7 martdagi PF-87-sonli Farmonlari, 2022 yil 1 martdagi PQ-146-sonli Qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2022 yil 18 may kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishi bayoniga asosan 2022 yil 1 avgust kuni 78-sonli buyruq bilan Markazda xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti tashkil etildi. Ushbu davr mobaynida boshlangʼich tashkilot tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: 1. Markaziy apparat xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti joriy yilning 12-13 avgust kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Аgentligi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar ijod saroyida vazirlik va davlat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan oʼquv seminarida faol qatnashdi va sertifikatlar bilan taqdirlandi. 2. Markaziy apparat xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti 2022 yil avgust oyida Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyat filiallarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning roʼyxatini shakllantirdi va viloyat filiallarida 5 nafardan koʼp boʼlgan xotin-qizlar oʼzlari uchun boshlangʼich tashkilot tuzishdi. 3. “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasida faoliyat olib borayotgan kam taʼminlangan va nogiron farzand tarbiyalayotgan xotin-qizlar roʼyxatini shakllantirdi. 4. Qoraqalpogʼiston Respublikasi filialida qishloq xoʼjaligi ekinlarini ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash laboratoriyasi texnik laboranti Yusupova Gulmira Muratbaevna nogiron farzand tarbiyalayotganligi, hamda Аndijon viloyat filialida paxta mahsulotlarini sinovdan oʼtkazish xududiy laboratoriyasining ishlab chiqarish laboranti Matisaeva Gulmiraxon Oʼktamovna kam taʼminlangan ayol boʼlganligi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan 2 million soʼm pul bilan taqdirlandi.
"Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" davlat unitar korxonasi barchangizni eng ulugʼ va eng aziz bayramimiz boʼlgan - Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Sizlarga mustahkam sogʼliq, oilaviy baxt, tinchlik-totuvlik, koʼtarinki kayfiyat hamisha hamroxingiz boʼlishini tilab qoladi.
Bugungi kunda, Birlashgan millatlar tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi (FAO) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “СOVID-19 ga javoban kartoshkachilik sohasini tiklash va rivojlantirish” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha ilg‘or tajribalar asosida barqaror kartoshka yetishtirish tizimini rivojlantirish, koronavirus pandemiyasining kartoshka tarmog‘iga salbiy taʼsirining oldini olish, kartoshka navlarini ro‘yxatga olish va urug‘lik kartoshkasini sertifikatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Shu maqsadda, loyiha doirasida 2022 yilning 22 avgustidan 26 avgustiga qadar FAO ning kartoshka bo‘yicha xalqaro eksperti janob Mehmet Emin Chalishkan O‘zbekistonda bo‘lib, manfaatdor tomonlar bilan uchrashuv o‘tkazish, shuningdek, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi nav sinov maydonchalariga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan Bugun 23 avgust kuni, “O‘zagroinspeksiya” huzuridagi "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" davlat unitar korxonasida FAO xalqaro ekspertini Respublika hududlarida urug‘lik kartoshkani sertifikatlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida “O‘zagroinspeksiya” masʼul xodimlari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda Agroinspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazort qilish bo‘limi boshlig‘i X. Maxmudov va Markazning markaziy laboratoriya mudiri U. Xasanovlar ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan urug‘lik kartoshka yetishtirish hajmini yildan yilga ko‘paytirish borasida qabul qilinayotgan qarorlar, shuningdek, kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishda xususiy sektorning roli, bugunda urug‘lik kartoshkani sertifikatlash, saqlash va realizatsiya qilinishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etdilar. Markaziy Osiyoda kartoshka isteʼmoli aholi jon boshiga yillik 52,6 kg ni tashkil etadi, shuning uchun, unga nisbatan "ikkinchi non" iborasi qo‘llaniladi. Qolaversa, kartoshka oziq-ovqat xavfsizligi, to‘yimliligi va daromad olish uchun eng katta salohiyatga ega asosiy ekin turi hisoblanadi. Mamlakatimizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida 150 dan oshiq kartoshka navlari yetishtiriladi. Umumiy maydoni 130 ming gektar bo‘lgan hududlarda hozirda o‘rtacha hosildorlik gektariga taxminan 22 tonna, yiliga jami hosil taxminan 2,9 mln tonnani tashkil etadi. 1,8 million tonna kartoshka ichki isteʼmol uchun ishlatiladi, 700 ming tonna hosil tabiiy va texnik vositalar tufayli yo‘qotilsa, 450 ming tonnasi urug‘lik fondi zaxirasiga jo‘natiladi, 130 ming tonnasi esa xo‘jaliklarda saqlanadi. Bundan tashqari, har yili aholi isteʼmoli uchun O‘zbekistonga taxminan, 250 ming tonna kartoshka Rossiya, Qozog‘iston, Pokiston va Belarus kabi davlatlardan import qilinadi. Uchrashuv so‘ngida Birlashgan millatlar tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning xalqaro eksperti janob M. Chalishkan kartoshka yetishtirishda jahon tajribasi bilan o‘rtoqlashib, o‘zini qiziqtirgan bir qator savollarga Agroinspeksiya vakillaridan javoblar oldi. Manba: "O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish