Aloqa
Direktor va yoshlar uchrashuvi: kiberxavfsizlik mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda muassasa direktori J. Karimov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
?Uchrashuv davomida kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi, internet tarmog‘ida uchrayotgan tahdidlar, kiberjinoyatlarning oldini olish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shubhali havolalar va dasturlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr va takliflarini bildirdilar.
✅ Tadbir yakunida muassasa faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan, tashabbuskorligi va namunali faoliyati bilan ajralib turgan bir guruh yoshlar munosib taqdirlandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularda raqamli madaniyatni yuksaltirish hamda zamonaviy axborot tahdidlariga nisbatan ogohlikni oshirishga xizmat qiladi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish