Contacts
Shu kunlarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi direktori J. Karimov agrar soha olimlaridan iborat delegatsiyasi bilan Avstraliya mamlakatida bo'lib turibdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Brisben shahrida joylashgan “Barenbrug” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda, paxtachilik va g‘allachilikda navlarning seleksiyasi va urug‘chiligi, genetik modifikatsiyalangan g‘o‘za navlarini yaratish, shuningdek, urug‘ еtishtirishdagi ilg‘or innovatsion texnologiyalarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Gundivindi va Narrabri shahrida joylashgan “G‘allachilik ilmiy-tadqiqot instituti, McIntyre Downs, Proclass, SMK, Corish, Goanna Ag, Hayes Spraying Wee Waa, Cotton Australia va Cotton Research & Development Corporation (CRDC)” kompaniyalarida uchrashuv va muzokaralar olib bordi. Ushbu kompaniyalarning vakillari tomonidan, g‘o‘za urug‘chiligi, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirilish tizimi, agrokimyo (o‘g‘itlash qo‘llash jarayonlari), kasallik va zarrakunandalarga qarshi kurash, rentabellik darajalari bo‘yicha bir qator ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tildi.
Joriy yilning 23-yanvar kuni “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligi sohasida mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlaydigan xizmat ko‘rsatuvchilarning imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha tashkil etilgan seminar-trening o'z yakuniga еtti. Ushbu seminarda Markaz mutaxassislari ishtirok etib, sertfikatlar bilan taqdirlandilar.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, loyiha doirasida Qishloq xo‘jaligi sohasida mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlaydigan xizmat ko‘rsatuvchilarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 2 kunlik seminar trening o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning 22-yanvar kuni Markaz mutaxassislari ushbu seminarda ishtirok etdilar.
Ayni kunlarda Fransiya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat barqarorligi vazirligi huzuridagi “SEMAE – Fransiya o‘simliklar va urug‘liklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan keng tarmoqli tashkiloti” taklifiga binoan «Ozagroinspeksiya» mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari laboratoriyalarini modernizatsiya qilish uchun grand mablag‘larini jalb etish maqsadida Fransiyada bo‘lib turibdi. Tashrif davomida mutaxassislar OESD – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Fransiya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat barqarorligi vazirligi, SOS – Sifat va nazorat departamenti, OSDE – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, SISASOV – Fransiya o‘simlik navlarini yaratuvchilarning intellektual mulk huquqlarini boshqarish tashkiloti, OSVV – Yevropa Ittifoqi agentligi (O‘simliklar navlari huquqlarining Yevropa Ittifoqi tizimi), GEVES – O‘simliklar navlarini baholash va urug‘lik sinovlari tashkiloti, kartoshka va makkajo‘xori urug‘chilik sektorlari (urug‘lik kompaniyalari va ularning laboratoriyalari) vakillari bilan uchrashib, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish doirasida ajratiladigan grand mablag‘lari qiymati va urug‘liklarni sertifikatlashtirishga oid masalalarda muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, tashrif doirasida sohani rivojlantirish va innovatsion g‘oyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi munosabati bilan Markaz xodimlari G'alaba bog'iga tashrif buyurdilar
Joriy yilning 13-yanvar kuni "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasining markaziy laboratoriyasida markaz mutaxassislari ishtirokida USAID-AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi vakili Kathleen Doherty bilan uchrashuv va muzokaralar olib borildi. “USAID agentligi” tomonidan istiqbolda rejalashtirilgan yangi loyihani shakllantirish yuzasidan o’tkazilgan uchrashuvda Markaz laboratoriyasidagi sinov jarayonlari va sohada olib borilayotgan islohatlar bilan yaqindan tanishtirilib, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Poll
Contacts
Contact form