Contacts
Joriy yilning 18-fevral kuni “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boyicha PQ-401 sonli Qarori jrosini ta’minlash bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirni Markazning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot raisi S. Usmonova olib bordi. Mamlakatimiz fuqarolarining katta qismini yoshlar va xotin-qizlar tashkil etadi. Aholining 49,7 foizi hamda mehnat resurslarining 45 foizi ayollar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Demak, yurtimizdagi ijtimoiy masalalarning aksariyati ular hayoti bilan chambarchas bog'liq.
Suhbat dаvomida xayotda insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi. ta’kidlab o’tildi. Yig‘ilish davomida hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikga, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi haqida so’z olib bordilar.
Davra suhbatida ayollardan turli xil savol javoblar va qiziqarli fikr va mulohazalar bildirildi.
Poll
Contacts
Contact form