category

News

21 fevral – Xalqaro ona tili kuni

“O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini baholash markazi” DMning markaziy apparati, markaziy laboratoriyalar hamda hududiy filiallarida 21-fevral “Xalqaro ona tili” bayrami munosabati bilan marifat soati o‘tkazildi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev: “Har birimiz davlat tiliga boʼlgan eʼtiborni mustaqillikka boʼlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim”, deya alohida taʼkidlagandi. Darhaqiqat, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʼlgan ona tilimiz xalqimiz tafakkurining bebaho mulki, milliy oʼzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsolidir. Kishi uchun kindik qoni toʼkilgan Vatani qanchalik aziz boʼlsa, ona tili ham shunchalik moʼʼtabar sanaladi. Uning onadek muqaddas timsolga mengzalishi, aslida shundan. Birlashgan millatlar tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʼyicha tashkiloti – YuNESKO tomonidan Xalqaro ona tili bayramining keng nishonlanishi zamirida turli millatu elatlarga mansub tillarni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishdek ulugʼ maqsad mujassam. Tadbirda oʼzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirishga qaratilgan islohotlar, xususan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tarixiy ahamiyatga molik saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi. Ona tilimizning qadr-qimmatini yuksaltirish, unga hurmat va ehtirom koʼrsatish yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, oʼz tilini asragan millatning istiqboli farovon boʼlishi taʼkidlandi.  

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Feb 21, 2024

Markazda ma'naviy-ma'rifiy yig'ilish bo'lib o'tdi

“O’zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da joriy yilning 14-fevral kuni Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlangan “Ikki buyuk alloma” shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda mehmon sifatida O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri artisti Ra’no Yarasheva, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hamda “Gulxan” jurnalining bosh muharriri Zaxro Xasanova va O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi shoira Farog‘at Xudoyqulovalar ishtirok etdilar. Markazning hududiy filiallari onlayn ravishda "ZOOM" platformasi orqali ushbu tadbirda qatnashdilar.            

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Feb 15, 2024

"Korrupsiya nima va uning oldini olish uchun qanday profilaktika choralari zarur" mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi.

 “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi  tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi 2024-yil uchun tuzilgan ish-rejasi tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-fevral kuni Markazning Xorazm viloyati filiali binosida “Korrupsiya nima va uning oldini olish uchun qanday profilaktika choralari zarur” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat xizmati tomonidan Markazning - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslari haqida tushuntirishlar berildi. O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga qo‘shilish to‘g‘risda”gi qonun (2008), O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun (2017), O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon (2020), O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamotchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmon (2021), Korruptsiya o'ziga xos irsiy davolab bo'lmaydigan kasallik sifatida qadim zamonlardan beri mavjud bo'lib, jamiyatlar va davlat tashkilotlariga ta'sir ko'rsatib kelgan va bugungi kungacha mag'lubiyatsiz qolib kelayotgaligi tushuntirib o’tildi. Bu huquqiy asoslarning ustuvorligi, demokratiya va inson huquqlari ustuvorligi tamoyillariga asoslangan hujjatlar hisoblananishi takidlab o’tildi. Korrupsiyaning oldini olish va xodimlarning korrupsion hatti-xarakatlariga yo’l qo’ymaslik uchun bino va inshoatlarga, axborot stendlariga ijtimoiy reklama plakatlarini joylashtirish hamda yuzaga keluvchi korrupsion hati-xarakatni oldini olish maqsadida filial ma’sullariga ko’rsatmalar berildi.   Tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok yetuvchi organlar va tashkilotlar hamda ularning vakolatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir yetganlik uchun javobgarlik choralari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligini to’g‘risida atroflicha ma’lumotlar berib o’tildi.  Tadbir so’ngida Xorazm viloyati filiali xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid o’zlarini qiziqtirgan savollari bo’yicha tegishli javoblar berildi.                

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Feb 15, 2024

Samarali mehnat qilgan xodimlar eʼtirof etilmoqda

Joriy yilning 8- fevral  kuni Markaz direktori J.Karimov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilish davomida 2023-yilda agrar soha va Markaz rivojiga qoʻshgan hissasi hamda xizmat vazifasini sidqidildan bajarganligi uchun “Oʻzagroinspeksiya” rahbarining  tegishli buyrug'iga asosan Markazning 5 nafar mutaxassislari “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.    

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Feb 8, 2024

AQSh tajribasi O‘zbekistonda qo‘llaniladi

Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi. Vazirlik mutasaddilarining tashrif maqsadi aniq,  paxtachilik va urug‘chilik sohasida tajriba almashish, mamlakatimizda xorij tajribasi asosida zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish. Delegatsiya a’zolari tashrifning ilk kunida AQSh Qishloq xo‘jaligi departamenti (vazirligi) va O‘simlik va hayvonot sog‘lig‘i inspeksiyasi xizmati ‘APHIS’ vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida Amerikada paxta yetishtirish va uni qayta ishlash sohalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar, sohadagi so‘nggi tajribalar va texnologiyalar, jumladan, mazkur yo‘nalishda eksport va import imkoniyatlarini kengaytirish uchun hamda urug‘, o‘simlik va tayyor mahsulotlarning tabiiy zararkunandalar, pestitsid va boshqa xavflardan himoya qilishga qaratilgan texnologiyalar, fumigatsiya amaliyoti, muammolar o‘chog‘ini yo‘q qilish usullari namoyish etildi. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, Amerika tajribasi asosida mazkur texnologiyalarni O‘zbekistonda ham joriy etish va bu borada maxsus treninglar o‘tkazish masalasi o‘rtaga tashlandi. Ushbu taklif amerikalik agrar soha vakillari tomonidan ijobiy baholanib, hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusida tashabbuslarni o‘z ichiga olgan hujjatni imzolashga kelishib olindi. Shu bilan birga, AQSH tomonidan paxtachilik sohasidagi yetakchi shtatlaridan biri bo‘lmish Texasda paxta va paxta urug‘chiligi sohasidagi amaliy ishlar bilan yaqindan tanishtirish uchun amaliy yordam berilishiga kelishib olindi. Qayd etish joizki, delegatsiya tarkibida Markazning paxta yo'nalishining tajribali mutaxassisi Jahongir Po'latov ham ishtirok etmoqda.   Manba: agro.uz

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Jan 28, 2024

Paxtachilikda urug‘chilik tizimi rivojlantirish muhim masala

Joriy yilning 20-yanvar kuni Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS)da Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi “Paxtachilikda urugʼchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 391 - sonli qarorining ijrosiga qaratilgan davra suhbati boʼlib oʼtdi. Unda soha olimlari, agroklasterlar vakillari, fermerlar, xususiy urugʼchilik kompaniya vakillari va mutaxasislar qatorida "Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" direktori J.Karimov ishtirok etdi. Suhbat davomida, mazkur qarorda keltirilgan bandlar ijrosini taʼminlash, bu borada sohada olib borilayotgan islohotlar, yuqori hosildor xorijiy gʼoʼza navlari va duragaylarini mamlakatimizga olib kirish hamda paxta-toʼqimachilik klasterlari va fermer xoʼjaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlarga joylashtirish masalalari muhokama qilindi. Oʼz navbatida, xorijdan yuqori hosildor xorijiy gʼoʼza navlari va duragaylarini olib kirish hamda parvarishlashda har bir navga xos boʼlgan yuqori samarador agrotexnologiyalarni qoʼllash, paxta-toʼqimachilik klasterlari va fermer xoʼjaliklari tomonidan gʼoʼza navlarini joylashtirishda kafolatlangan urugʼ taʼminotiga muvofiq erkinlik berilishi masalalari eʼtibor qaratish lozimligini qayd etildi. Shuningdek, qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. Mazkur vazifalarning samarali amalga oshirilishi, shubhasiz, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va zamonaviy taraqqiyotning yangi qirralarini oʼzlashtirishga xizmat qiladi.           Manba: agro.uz

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Jan 21, 2024

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form