category

Yangiliklar

Konstitutsion islohotlar - rivojlanish uchun muhim qadam

Oʼzbekiston "Аdolat" sotsial-demokratik partiyasining Siyosiy Kengashi tashabbusi bilan “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasida "Konstitutsion islohotlar - rivojlanish uchun muhim qadam" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Markaz rahbariyati, boshqarma va boʼlim xodimlari ishtirok etdilar. Yigʼilish davomida Konstitutsion islohatlarning maqsadi va samarasi boʼyicha tushunchalar berilib, Markaz xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha oʼz taklif va fikrlarini bildirdilar.            

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Jun 10, 2022

II-2022- sonli oʼquv guruhida amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi qoshidagi "Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" davlat unitar korxonasining "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining 6 kishidan iborat II-2022 guruhi joriy yilning 20 may sanasida "APK BUKA paxta textile cluster" IChKda tasdiqlangan oʼquv-tematik rejaga koʼra amaliy mashgʼulotlarda qatnashdilar. Ushbu mashgʼulotlarni Markazning malakali mutaxassislari M. Аripjanov olib bordi.Mashgʼulotlar jarayonida paxta xomashyosini qayta ishlash, paxta tolasini tozalash, presslash jarayonlarni oʼrganish boʼyicha tinglovchilarga maʼlumotlar berildi.        

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on May 20, 2022

Марказда "Пахта толасини классификациялаш, сертификатлаштириш ва маркетинг" ўқув курсларининг навбатдаги гуруҳи очилди

Марказ директорининг жорий йилнинг 25 февралдаги 18 и/ч-сонли буйруғига асосан 17 майдан "Пахта толасини классификациялаш, сертификатлаштириш ва маркетинг" ўқув курсида навбатдаги гуруҳ ўз фаолиятини бошлади. Ушбу ўқув курси жами 248 соатдан иборат бўлиб, Ўзбекистон Республикаси ва хорижий мамлакатларда пахта толасини стандартлаштириш ва сертификатлаштириш, маркетинг асослари, пахтани дастлабки ишлаш регламенти, ёнғин хавфсизлиги каби мавзуларидан ташкил топган. Ўқув курсларида Республикамизнинг пахта кластерлари ва Марказнинг пахта йўналиши ходимлари тингловчи сифатида қатнашмоқдалар.       

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on May 17, 2022

Пахта толасини классификациялаш, сертификатлаштириш ва маркетинг" курсларида якуний имтиҳонлар бўлиб ўтди

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Агросаноат мажмуи устидан назорат қилиш инспекцияси қошидаги "Агросаноат мажмуида хизматлар кўрсатиш маркази" давлат унитар корхонасининг "Пахта маҳсулотларни классификациялаш, сертификатлаштириш ва маркетинги курси"нинг 1-2022-сонли гуруҳи тингловчилари  якуний имтиҳонлардан мувафақиятли ўтдилар. Ушбу имтиҳонларни Ўзагроинспекция ҳамда Марказнинг малакали мутахассислари қабул қилиб, тингловчиларга маҳсус сертификатлар тақдим қилдилар.        

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Apr 9, 2022

I-2022-sonli o‘quv guruhida navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi

Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing"  kurslarining 6 kishidan iborat I-2022 guruhi joriy yilning 30 mart sanasida "Real TEX Tashkent" MChJda tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlarni Markazning malakali mutaxassislari O.Miraxmedov va M. Aripjanov olib bordilar.Mashg‘ulotlar jarayonida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha tinglovchilarga maʼlumotlar berildi.  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Mar 30, 2022

Markazning urug‘chilik yo‘nalishi mutaxassislari seminar-treningda ishtirok etdilar

Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchilik va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish “Urug‘ yetishtirish va urug‘lik  sifatini nazorat qilish” mavzusidagi seminar-trening dasturi doirasida Markazning urug‘chilik yo‘nalishining malakali mutaxassislari ishtirok etdilar. Shuningdek, tasdiqlangan o‘quv-rejaga asosan yo‘nalishlar va hududiy filiallarda texnik-amaliy o‘quv darslari joriy yilning 25 mart sanasida davom ettirildi.    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Mar 25, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish