Markazda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 18 oktabr sanasida Markazning majlislar zalida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM Kasaba ushmasi qo‘mitasi raisi, Markaz rahbariyati va xodimlari, “Agrosanoat xodimlarining Toshkent shahri birlashgan Kasaba uyushmalari kengashi mas’ul xodimlari hamda Zoom platformasi orqali hududiy filiallar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishning birinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun va mohiyati to‘g‘risida professor, yuridik fanlar doktori F.A. Muxiddinova tomonidan ishtirokchilarga tushuntirishlar berib o'tdi.

Kun tartibining ikkinchi masalasi - 21-oktabr O‘zbek tili bayrami yuzasidan F.A. Muxiddinova o'zbek tilining kelib chiqishi, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi roli va nufuzini tubdan oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi.

Yig'ilish yakuniga ko'ra, Yurtimizda qurayotgan jamiyat fuqarolik jamiyatidir, unda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida himoya qilinadi. Ishchi-xodimlarni haq-huquqlarini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini yanada mustahkamlash, o‘zbek tiliga e’tiborni kuchaytirish va o‘zbek tilida ish olib borilishini qat’iy ta’minlash borasida tinimsiz ish olib borish, shu borada Davlatimizni yanada obod, ko‘rkam, zamonaviy tus olishi uchun qo‘ldan keladigan barcha ishlarni amalga oshirish, ayollar orqali oilada tinchlik, xotirjamlik, barqarorlikni ta’minlashga erishish “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Markazning mutasaddi rahbar va xodimlarining asosiy vazifasi etib belgilandi. 

 

photo2023-10-2011-20-41.jpg

 

photo2023-10-2011-22-04.jpg

 

photo2023-10-2011-21-55.jpg

 

photo2023-10-2011-21-14.jpg

 

photo2023-10-2011-20-56.jpg

 

photo2023-10-2011-20-49.jpg

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Oct 20, 2023

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form