Turkiyaning ilg‘or tajribasi asosida “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochish loyihasi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Turkiya Tohumluk Tescil ve Sertifikasyon Merkez Müdürlüğü xalqaro tashkilotidan Bulent Özturk, Selma Kurt mutaxassislari tomonidan urug‘chilik laboratoriyasini xalqaro ISTA qoidalari asosida akkreditatsiyaga tayyorlash va xalqaro ISTA qoidalari asosida o‘quv-treninglar o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi bo‘yicha
MA’LUMOT

 

Turkiyaning ilg‘or tajribasi asosida O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazini ochish loyihasi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

(Malumot uchun: Joriy yilning  13-sentyabr kunlari Markazga tashrif buyurgan 5 nafar Turk mutaxassislaridan iborat delegatsiya vakillari - “O‘zagroinspeksiya”ga Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi (Fatih Ahmet Yentur, Mustafa Uz), TTSM - Urug‘larni sinash va sertifikatlashtirish markazi muhandisi (Bulent O‘zturk), ECOSA (Muhteshem Torun), TSÜAB (Ali Gumush) Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha attashesi Burhan Demiroklar tashrif buyurgan).

Mazkur muzokaralar natijasida, Halqaro *ISTA qoidari asosida o‘quv treninglar o‘tkazish va laboratoriyani akkreditatsiyaga tayorlash maqsadida, Turkiyaning “Tohumluk Tescil ve Sertifikasyon Merkez Müdürlüğü” tashkilotining mutaxassislari (Bulent Özturk va Selma Kurt) tomonidan
joriy yilning 25-noyabridan 2-dekabrgacha xalqaro ISTA qoidalari bo’yicha rejalashtirilgan o‘quv-treningini o’tkazish белгилаб олинди.

Уshbu dastur asosidaги o‘quv-treninglarda, ISTA (Xalqaro urugʻlik sinovlari assotsiatsiyasi) TS EN ISO/EC 17025:2017 doirasida “Ichki auditorlik, urugʻlik namunalarini tanlab olish, sifatni taʼminlash tizimi, urugʻ tozaligi, namligi, ming dona urugʻ vazni va unuvchanlik tahlili” mavzusida
jami 27 nafar mutaxassislar (72 soat) nazariy va amaliy mashgʻulotlar o‘tkazildi.

O‘quv-trening yakunida, muvaffaqiyatli ishtirok etgan Markaz mutaxassislari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

(Kalit so‘zlar: *ISTA - Xalqaro urug‘lik sinovlari assotsiatsiyasi. Assotsiatsiya mustaqil, notijorat tashkilot bo‘lib, 1924 yilda  halqaro urug‘lik sinovlari kongressida tashkil topgan.

**ISTA sertifikati - Halqaro urug‘lik sinovlari assotsiatsiyasi tomonidan urug‘larning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish tartibi bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dunyoning istalgan davlatiga eksport qilishni soddalashtirish, bojxonada kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslik va mahsulot sifatini tasdiqlash maqsadida, kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar undan ixtiyoriy ravishda o‘tadilar.)

photo242024-12-0218-09-47.jpgphoto262024-12-0218-09-47.jpgphoto172024-12-0218-09-47.jpgphoto72024-12-0218-09-47.jpgphoto62024-12-0218-09-47.jpg

Published by agroxizmat on 2024 Дек 2
All Comments (0)
No Comments

Сўровнома

Ташкилот хизмати сифатини баҳоланг
Аъло
Яхши
Қониқарли
Қониқарсиз

Алоқа

Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳри, M-14, 27 уй
Телефон: +998 (71) 244-87-49
Факс: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Қайта боғланиш