Алоқа
BMT Bosh Assambleyasining 1999 yildagi tegishli rezolyusiyasiga binoan “25 noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” sifatida keng nishonlanadi.
25-noyabrdan boshlab Toshkentda "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi. Bu tashabbus Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan joriy yilning 26-noyabr kuni Markaz hamda viloyat filiallari ayollari o’rtasida davra suhbati tashkil qilindi.
Suhbatda Shayxontohur tumani hokimi o’rinbosari-oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Ziyoda Nimatullayevna hamda Toshkent davlat Yuridik Universiteti professori, yuridik fanlari doktori Firuza Abdurashidovnalar tashrif buyurdilar.
Suhbat davomida Asosiy Qonunimizga ko‘ra - insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi haqida so’z olib bordilar.
Сўровнома
Алоқа
Қайта боғланиш
All Comments (0)