Aloqa
Avgust oyining so‘ngi kunlari "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" DMda sohaga oid xalqaro aloqalarni mustahkamlash va "O‘zagroinspeksiya"ning oziq-ovqat xavfsizligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida kelgan mutaxassislar tashrifi bilan boy bo‘ldi.
Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sh.Umarov hamda Turkiya Respublikasi Turizm va madaniyat vazirligi huzuridagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Ali Riza Tezcan boshchiligidagi vakillardan iborat delegatsiya Markazga tashrif buyurdi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish