Asosiy vazifa va funksiyalar

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

- faoliyat turi boʼyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish, sotish hamda xizmatlar koʼrsatish;

- Markaz vakolati doirasiga muvofik, Аgrosanoat majmui maxsulotlari (qishloq xoʼjaligi ekinlarining barcha turdagi urugʼlari va koʼchatlari, paxta tolasi, momigʼi, texnik chigiti, momiq paxta, yogʼ, margarin, mayonez, shrot, sheluxa, xoʼjalik sovuni, don, dukkakli-don va moyli ekinlar, ularning urugʼlari, shuningdek un, yorma, kepak, oraliq mahsulotlar va chiqindilar hamda agrosanoat majmuining boshqa mahsulotlari - keyingi oʼrinlarda mahsulotlar deb yuritiladi) sinovlarini tashkil etish hamda oʼtkazish;

- mahsulotlarga muvofiqlik va sifat sertifikatlari, sinov bayonnomalari, tahlil natijalari hamda baholash xulosalarini berish ishlarini bajarish;

- sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspektsiya nazoratini amalga oshirish;

- akkreditatsiya doirasiga muvofiq sinov jihozlari va oʼlchov vositalarini metrologik attestatsiyadan va qiyoslash koʼrigidan oʼtkazish boʼyicha ishlarni amalga oshirish;

- paxta tolasi shiradorligini aniqlash, paxta tolasi va momigʼi toylari massasini oʼlchash xizmatlarini amalga oshirish;

- paxta tozalash va yogʼ-moy sanoati korxonalari, paxta mahsulotlarining xaridorlari hamda boshqa tashkilotlar uchun sertifikatlanadigan paxta mahsulotlari tashqi koʼrinishi namunalarini tayyorlash, restavratsiya qilish va ular bilan taʼminlash;

- rayonlashtirilgan va istiqbolli qishloq xoʼjaligi ekinlari navlarining navdorligini (nav sofligi) tuproqda (tajriba maydonida) baholash;

- qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼliklarini yetishtirishda urugʼchilik bilan shugʼullanuvchi fermer xoʼjaliklari, klasterlar, ilmiy muassasalar va boshqa xoʼjaliklarga shartnoma asosida amaliy yordam koʼrsatish;

- eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sifatini aniqlash va sifat sertifikatlarini rasmiylashtirish;

- urugʼlik tayyorlovchi subʼektlarda qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlarini tozalash-saralash (urugʼlik chigitda – tuksizlantirish), kalibrlash, dorilash va qadoqlash jarayonlarida har 2 (ikki) soatda zaruriy ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash; 

- ekish materiallari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlarni (GMO) hamda xavfli yashirin virusli va zamburugʼli kasalliklarni mavjudligini aniqlash;

- talab qilinadigan aniqlik boʼyicha oʼlchovlarning bir xilligini taʼminlash;

paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatsiyalash va marketing yoʼnalishi hamda qishloq xoʼjaligi, melioratsiya va yoʼl-qurilish texniklarini, servis xizmat koʼrsatish boʼyicha agrosanoat majmui sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirilishini taʼminlash; 

- agrosanoat majmui sohasiga oid faoliyatni ommaviy axborot vositalari internet tarmogʼi orqali targʼibot qilish;

- davlat organlari va boshqa tashkilotlarning buyurtmasiga koʼra shartnoma asosida Inspektsiya nazorat funktsiyalarini amalga oshirish sohasida xizmatlar koʼrsatish;

- Inspektsiya bilan kelishilgan holda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

- Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

 Markaz oʼziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

 

- sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalari va texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq mahsulotlarni baholash boʼyicha sinovlar oʼtkazadi;

- olingan sinov natijalarini oʼrganadi, muvofiqlik sertifikati va sifat sertifikatlarini berish yoki uni rad etish toʼgʼrisida qaror qabul qiladi;

- sinov natijalariga koʼra, nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarga ushbu haqida dalolatnoma, tahlil natijasi va sinov bayonnomasi taqdim etadi;

- eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sifatini aniqlaydi va sifat sertifikatlarini rasmiylashtiradi;

- akkreditatsiya doirasiga muvofiq, oʼtkazilgan metrologik attestatsiyalash va qiyoslash ishlari natijasi boʼyicha sinov jihozlariga sertifikat rasmiylashtiradi;

- paxta tolasi va momigʼi toylarini yetkazib beruvchi bilan birgalikda toyning ogʼirligini tortib koʼrish va toyning ogʼirligi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiradi;

- paxta tolasi, momigʼi va texnik chigiti mahsulotlarining tashqi koʼrinishi namunalarini isteʼmolchilarning buyurtmalariga asosan taʼmirlaydi hamda yangidan tayyorlaydi; 

- urugʼliklarni sinovlardan oʼtkazadi, elita urugʼchilik xoʼjaliklarida yetishtirilgan paxta tolasi namunalarining texnologik koʼrsatkichlarini aniqlaydi, urugʼlik paxta va boshoqli don ekinlarining navdorligini (nav sofligini) tuproqda (tajriba maydonida) baholash ishlarini amalga oshiradi;

- muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati oʼtgan, standart talablariga javob bermaydigan yoki saqlash qoidalarining buzilishi natijasida sifati buzilgan qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlaridan kelgusida urugʼlik sifatida foydalanilmaslik boʼyicha tegishli xulosalar beradi;

- mahsulotlarning sinash usullarini ishlab chiqadi, zarur hollarda manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirlarni amalga oshiradi;

- mahsulotlar uchun texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlarida ishtirok etadi;

- respublikaga chetdan keltiriladigan urugʼliklarni tegishli sertifikatlari, fitosanitariya sertifikati, karantin ruxsatnomasini taqdim etgan hollarda ulardan namunalar tanlab oladi, tahlillar oʼtkazadi, natijalari boʼyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi;

- urugʼchilik sohasidagi joriy etilgan xalqaro standartlar asosida urugʼlar sifatini aniqlaydi va standart talablariga muvofiq boʼlgan urugʼlarga muvofiqlik sertifikatlarini beradi;

- urugʼliklarni sinovdan oʼtkazadi va yakuniy xulosalar beradi;

- sifat menejmenti tizimlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;

- mahsulotlarni klassifikatsiyalash va marketing yoʼnalishi hamda qishloq xoʼjaligi, melioratsiya va yoʼl-qurilish texniklarini boshqarish huquqini berish, servis xizmat koʼrsatish boʼyicha agrosanoat majmui sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirilishini taʼminlaydi; 

- qishloq xoʼjaligi ekinlarining urugʼliklarini yetishtiruvchi fermer xoʼjaliklari, klasterlar va boshqa urugʼchilik bilan shugʼullanuvchi xoʼjaliklarning urugʼlik maydonlarini aprobatsiya koʼrigiga tayyorlashda shartnoma asosida uslubiy yordam koʼrsatadi;

- yuqori avlodli urugʼliklar yetishtiruvchi ilmiy muassasalar maydonlarida monitoring oʼtkazish, tayyorlangan urugʼliklardan namunalar tanlab olish va tahlil oʼtkazish ishlarini amalga oshiradi;

- qishloq xoʼjaligi ekinlarining urugʼliklarini sertifikatlash va ularga standart talablari boʼyicha yorliqlarni urugʼlik ishlab chiqaruvchilarga buyurtma asosida yetkazib beradi;

- Respublikada jamgʼarilgan urugʼlik paxta gʼaramlarining ekinboplik sifat koʼrsatkichlari boʼyicha dastlabki tahlillarini amalga oshiradi; 

- xorijiy davlatlar tashkilotlari bilan Inspektsiyani xabardor qilgan holda hamkorlik oʼrnatadi, kelishuv va memorandumlar imzolaydi va uni amalga oshiradi, shuningdek, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʼladi;

- xorijiy hamkorlar bilan oʼz sohasi boʼyicha huquqiy axborot almashadi;

- xodimlarning xorijiy davlatlarda malaka oshirishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi va tashkil etadi;

- xorijiy davlatlarda tashkil etilgan sohaga oid oʼquv kurslarida, seminar, davra suhbati va konferentsiyalarda ishtirok etadi;

- sohada ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan ilmiy tajriba-eksperimental tadqiqotlarni qoʼllab-quvvatlash uchun xalqaro grandlar, xalqaro institut, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grandlari hamda homiylik hayriyalari texnik koʼmaklarda qatnashadi.

Markaz qonun hujjatlarida belgilangan va taqiqlanmagan oʼz faoliyatiga oid va boshqa vazifa hamda funktsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya, akkreditatsiya va maʼqullash) talab qilinadigan faoliyat turlari tegishli maxsus ruxsatnoma (litsenziya, akkreditatsiya va maʼqullash) olinganidan soʼng amalga oshiriladi.

 

Quyidagilar Markaz hududiy filiallari va tuman laboratoriyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

 

- Markazga yuklatilgan vazifa va funktsiyalar ijrosini hududlarda taʼminlash;

- Markaz vakolat doirasiga muvofiq amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq mahsulotlarni barcha turdagi sinovlarini oʼtkazish;

- oʼrnatilgan tartibda mahsulotlardan sinov uchun namunalar tanlab olish, identifikatsiya qilish va sinovdan oʼtkazish, zarur hollarda mahsulot namunalarini qoʼshimcha sinovlardan oʼtkazish uchun Markazning tegishli laboratoriyalariga yuborish;

- mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati, sinov bayonnomalari va sifat sertifikatlari berish ishlarini bajarish;

- sinovlar natijalarining aniqligi, xolisligi va ishonchliligini taʼminlash;

- yangi hosilga tegishli tipik toʼdalardan olingan namunalar boʼyicha boshoqli don ekinlarining tovar va texnologik xususiyatlarini oʼrganish;

- sinovlar natijalari va hisobot maʼlumotlarini oʼz vaqtida hamda haqqoniy taqdim etish;

- vakolat doirasida mahsulot sifatiga tegishli munozarali masalalarni hal qilish;

- korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.


So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish