Aloqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-apreldagi “Urug‘lik don olish uchun ekilgan g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 115-sonli buyrug‘ining 6-bandida g'alla maydonlarida aprobatsiya ko'rigini o'tkazish bo'yicha respublikaning ko'rgazmali o'quv-seminarini tashkil qilish topshirig‘i berilgan.
Vazirlar Mahkamasining qarori va Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida joriy yilning 3 – 8 may kunlari “Urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha shartnoma asosida o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari amaldagi normativ- huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv- tematik dasturlarga muvofiq mashg‘ulotlar amalga oshirildi.
O‘quv kursida mashg‘ulotlar ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, kurs yakuni bilan tinglovchilarga maxsus guvohnamalar taqdim etildi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish