Markazning urugʼchilik yoʼnalishi tomonidan koʼrsatilgan xizmalar toʼgʼrisida

Markazning urugʼchilik yoʼnalishi tomonidan qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼ (koʼchat)larini navdorlik va ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash, sertifikatlashtirish boʼyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Sertifikatlashtirish ishlari boʼyicha:

Buyurtmachilarning sertifikatlashtirish yuzasidan bergan arizalariga asosan, 2023 yilning yanvar - noyabr davrida jami 354 537 tonna urugʼlar va 164 000 dona koʼchatlar sertifikatlashtirilgan, shuningdek, 5 918 tonna urugʼlik donlarning saqlash davridagi ekinboplik sifat koʼrsatkichlari boʼyicha sinovlardan oʼtkazilib xulosalar berilgan. Jumladan, 

- urugʼlik chigit 56 128 tonna;

- urugʼlik soya 11 821 tonna; 

- urugʼlik kartoshka 7 958 tonna; 

- urugʼlik bugʼdoy 278 136 tonna; 

- urugʼlik sholi 276,5 tonna; 

- urugʼlik makkajoʼxori 187,5 tonna; 

- urugʼlik kungaboqar 6,7 tonna; 

- urugʼlik arpa, beda, mosh, noʼxot, piyoz, shirin qalampir va tamaki urugʼlari jami 23 tonna; 

- atirgul, uzum va gilos koʼchatlari jami 164 000 donani tashkil etadi.

Sertifikatlashtirish sinov natijalariga koʼra, jami 347 926 tonna urugʼliklar yaroqli deb topilib sertifikatlashtirilgan hamda 6 611 tonna urugʼliklar sifat koʼrsatkichlari boʼyicha standart talablariga javob bermaganligi sababli, nomuvofiq deb topilgan va buyurtmachilarga nomuvofiqligi toʼgʼrisida rasmiylashtirilgan tahlil natijalari xabarnoma orqali taqdim qilingan. 

Shuningdek, 2024 yil hosili uchun tayyorlangan urugʼlik donlarni ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash jarayonlarida baholash natijalari boʼyicha jami 9 281 tonna sifatsiz tayyorlangan urugʼlik donlarni qoʼshimcha ravishda qayta tozalash va saralash ishlari amalga oshirilib, sifati past boʼlgan urugʼlik donlarni ekishga realizatsiya qilinishi oldi olindi.

Qoʼshimcha ishlar boʼyicha:

Qoʼshimcha xizmatlardan 2022 yil hosilidan 57 789 tonna urugʼlik paxtani qayta ishlash davrida har 2 soatda ekinboplik sinovlari, 30 726 tonna urugʼlik chigitlarni dorilash jarayonlarida har 2 soatda ekinboplik sinovlari hamda 111 877 tonna urugʼlik paxta gʼaramlarining dastlabki prognoz tahlillari oʼtkazildi.

Markazning dala tajriba maydonining 3 gektariga Respublikada yetishtirilgan bugʼdoy navlaridan 330 ta nav namunalari ekilib parvarish qilingan hamda vazirlik va idoralararo tuzilgan komissiya tomonidan ushbu nav namunalari aprobatsiya koʼrigidan oʼtkazilib, olingan xulosalar yuqori tashkilotlarga taqdim etilgan.

Shuningdek, 2023 yilning 5 avgust sanasida dala tajriba maydonining keyingi 3 gektariga Respublikada yetishtirilgan gʼoʼza navlarining yuqori avlodli 224 ta nav namunalari ekilib parvarish qilingan boʼlib, idoralararo tuzilgan ishchi komissiya tomonidan ushbu nav namunalari aprobatsiya koʼrigidan oʼtkazildi va baholash natijalari boʼyicha xulosalar yuqori tashkilotlarga taqdim etildi.

Respublikada jamgʼarilgan 246 800 tonna urugʼlik don materiallarining yashovchanligini aniqlash xizmatlari koʼrsatilgan.

Hozirgi kunda, Markaziy urugʼchilik laboratoriyasi tomonidan “in-vitro” meva koʼchatlari, sitrus meva koʼchatlari, choy koʼchatlari, uzum qalamchalari, dorivor ekinlar urugʼlari, urugʼ va danakli meva koʼchatlarining urugʼlari, manzarali va oʼrmon daraxtlari va butalarining sifat koʼrsatkichlarini aniqlash faoliyati boʼyicha akkreditatsiya doirasini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

14947564624522757912046020.jpg

 

4194459649624249242423.jpg

 

465472052544624524224.jpg

 

84565231262129582597297.jpg

 

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Nov 27, 2023

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish