Aloqa
Don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi va uning hududiy filiallari hamda metrologik attestattsiyalash va qiyoslash boʼlimi tomonidan xizmatlar koʼrsatish borasida Biznes reja boʼyicha 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida 5 mlrd 982,8 mln soʼmlik xizmatlar koʼrsatish belgilangan boʼlib, amalda 6 mlrd 2,6 mln soʼmlik, yaʼni 101,0 foizga xizmatlar koʼrsatildi.
Don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish organiga hisobot davrida 672 ta buyurtmalar kelib tushdi. Ushbu buyurtmalar asosida jami 48 ta shartnoma tuzildi. Har bir kelib tushgan buyurtmalarga koʼra, sinov uchun namunalar tanlab olinib, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni Markaziy sinov laboratoriyasi va uning hududiy filiallariga yuborildi. Rasmiylashtirilgan sinov bayonnomalariga muvofiq, 3157 ta sifat va muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi.
Shu jumladan, qabul qilingan buyurtmalar asosida oʼrnatilgan tartibda namunalar tanlab olinib, Markaziy sinov laboratoriyasida va uning hududiy filiallarida sinovlar oʼtkazildi. Oʼtkazilgan sinovlar natijalari boʼyicha 6121 ta sinov bayonnomalari rasmiylashtirildi. Sinov bayonnomalari asosida 2952 ta sifat sertifikatlari rasmiylashtirildi.
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 1226 ming tonna importdan keltirilgan don va don mahsulotlarini sertifikatlashtirildi. Jumladan, 1215 ming tonna bugʼdoy doni va 10 ming tonna un mahsuloti hamda 1 ming tonna boshqa turdagi don mahsulotlari. Shuningdek, 11 ming tonna eksport qilingan don va don mahsulotlarini sertifikatlashtirildi. Jumladan, 3 ming tonna bugʼdoy doni va 7 ming tonna un mahsuloti hamda 1 ming tonna boshqa turdagi don mahsulotlari sertifikatlashtirildi.
Sinov uskunalarini attestattsiyalash va qiyoslash
Metrologik attestattsiyalash va qiyoslash boʼlimi tomonidan sinov uskunalarini attestatlash va qiyoslash uchun korxonalardan 27 ta buyurtmalar qabul qilindi. “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining hududiy filiallarida paxta tolasi, paxta momigʼi va paxta texnik chigitini sinov laboratoriyalarining sinov uskunalarini, qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlarini ekinboblik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash laboratoriyalari sinov uskunalarini metrologik attestattsiyalash va qiyoslashdan oʼtkazildi. Oʼtkazilgan attestattsiyalash va qiyoslash natijalari boʼyicha 420 ta bayonnomalari rasmiylashtirildi. Bayonnomalari asosida 420 ta metrologik attestattsiyalash va qiyoslash sertifikatlari rasmiylashtirildi. (metrologik attestattsiyalash va qiyoslovdan oʼtkazishni sertifikatlashtirish boʼyicha jami 128 mln 545 ming soʼmlik xizmatlar koʼrsatildi.)
Qoʼshimcha xizmatlar koʼrsatish
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi “Gʼalla yetishtiruvchi xoʼjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 312-son qarorida belgilangan vazifalarni, shuningdek Markazning 2022-yil 24-martdagi 36-i/ch-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning aprel va may oylarida Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyat filiallari tomonidan bevosita joylarda maydonlarga xulosa berish boʼyicha qabul qilingan buyurtmalar asosida shartnomalar tuzish ishlari olib borildi.
Jumladan, joriy oyning 31-may sanasiga qadar Respublika boʼyicha 497425 m3 elevatorlarga (metall sigʼimlarga), 1794676,7 m3 omborlarga va 1546274,1 m2 maydonlarga (ayvonlarga) taqdim etilgan buyurtmalarga asosan xulosa berish boʼyicha shartnomalar tuzilgan. Shuningdek, tuzilgan shartnomalar va taqdim etilgan xujjatlar asosida Markazning ishchi komissiya tomonidan oʼrganishlar oʼtkazilishi hamda oʼrnatilgan tartibda sertifikatlashtirish ishlari amalga oshirish natijasida Respublika boʼyicha jami 497425 m3 elevatorlarga va metall sigʼimlarga; 1794676,7 m3 omborlarga, 1546274,1 m2 maydonlarga va ayvonlarga oʼrtatilgan tartibda S3-shakl xulosasi rasmiylashtirilib, joylarga taqdim etilgan. Shundan, 22 ta don klasterlar hamda boshqa turdagi subʼektlarning don saqlash sigʼimlarini oʼrganish va baholash natijalari boʼyicha 12650 m3 elevatorlarga va metall sigʼimlarga, 214143,71 m3 omborlarga va 117130,17 m2 maydonlar va ayvonlarga oʼrnatilgan tartibda S3-shakl xulosasi rasmiylashtirilib, joylarga taqdim etildi. (don saqlash sigʼimlarini oʼrganish va baholash boʼyicha jami 846 mln 422 ming soʼmlik xizmatlar koʼrsatildi.)
Markazning don yoʼnalishida 2023 yilning noyabr-dekabr oylarida koʼrsatiladigan xizmatlar
Markazning sertifikatlashtirish organi noyabr-dekabr oylarida import qilinadigan donlarga sifat va muvofiqlik sertifikati hamda sinov bayonnomalari rasmiylashtirilib 200 mln soʼmlik xizmatlar koʼrsatish rejalashtirilgan.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish