Aloqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya”ning chora-tadbirlar rejasi 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-sentyabr kuni Markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun ko‘xna Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida Markazda mehnat qilayotgan 40 nafardan ortiq xotin-qizlar qadimiy Samarqand shahrining tarixiy joylari, jumladan Go‘ri Amir, Shohi zinda, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni kabi muqaddas qadamjolari, hazrati Xizr masjidi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishdi. Bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom etirilishi rejalashtirilmoqda.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish