Aloqa
Joriy yilning 17 may kuni Markazning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan urug‘chilik yo‘nalishidagi dala tajriba maydonida boshoqli don ekinlarining navdorligini baholash yuzasidan nav nazorati tashkil etildi.
Markazda bunday sinovlar respublikada davlat ehtiyoji uchun yetishtiriladigan boshoqli don urug‘lari nav namunalarining genetik (nav) sifati (navdorligi)ni baholash bo‘yicha doimiy o‘tkazilib boriladi.
Nav nazorati ilmiy-tadqiqot institutlari, urug‘lik yetishtiruvchi xo‘jaliklar va xorijda yetishtirilib (import qilingan) Respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan, Davlat reyestriga kiritilgan qishloq xo‘jalik ekinlari va istiqbolli boshoqli don ekinlari navlarining dorilanib tayyorlangan urug‘lik to‘dalaridan tanlab olinib, nav namunalarini ekib o‘rganish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.
Navlarning genetik (nav) sifati (navdorligi) ko‘rsatkichlarini aniqlash malakali mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti va Hukumatning tegishli qaror talablari asosida olib boriladi.
Hozirgi kunda, Markazning 3 gektarlik dala tajriba maydonida “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida ekish uchun tayyorlangan urug‘lik bug‘doylarning 50 ta navlari bo‘yicha 3 ta avlodidan jami 330 ta nav namunalari, yaʼni ko‘paytirish ko‘chatzori avlodidan 44 ta, original (superelita) avlodidan 176 ta va elita avlodidan 110 ta nav namunalari ekilib parvarish qilinmoqda. (18 ta xorijiy nav va 32 ta mahalliy navlar ekilgan)
Bunday nav sinovlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad, qonun, hukumat qarorlari va qonunosti normativ hujjatlar ijrosi taʼminlash bo‘lsa, ikkinchidan, respublikada davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan urug‘liklarning genetik (nav) sifatini taʼminlash, nav aralashmalari yuqori bo‘lgan maydonlaridan urug‘lik don olinishini oldini olish, navdorlikning buzilib ketishi, yaʼni nav aralashishini oldini olish, don sifatini yaxshilab borish hamda urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlarga navdorlik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan urug‘liklar yetkazib berishdan iboratdir.
“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish