Markaz xizmatlarini YaIDXPga joriy qilish boʼyicha

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandi, j) kichik bandi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining 2021 yil 28 iyuldagi I-46-son buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 30 iyul sanasida Markaz direktorining buyrugʼi tasdiqlandi.

Ushbu buyruqga asosan 2021 yil 1 dekabr sanasidan sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada belgilangan toʼlovlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha miqdorda belgilandi (qonunchilik hujjatlarida toʼlovlar belgilanmagan yoki bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizdan kam miqdorida belgilangan hollar bundan mustasno). Bunda, QR-kod qoʼyilgan, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berish uchun toʼlov undirilmasligini taʼminlanishi lozim.

Shuningdek Markaz tomonidan koʼrsatiladigan davlat xizmatlarini belgilangan muddatlarda Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash belgilandi. Davlat xizmatlarini koʼrsatganlik uchun har qanday toʼlovlarning Markaz hisobiga yoʼnaltirilgan qismining kamida 20 foizi Markaz va uning hududiy filiallarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, qogʼoz koʼrinishidagi hujjatlarni raqamlashtirish uchun yoʼnaltirilishi belgilandi.

Mazkur buyruqga muvofiq Markazning tegishli boʼlinmalari tomonidan 2022 yil 1 yanvardan aholi va tadbirkorlik subʼektlaridan qator hujjat va maʼlumotlarni talab qilish bekor qilindi va ushbu hujjat va maʼlumotlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʼrab olishi belgilab qoʼyildi.

 

lgnggg.jpg

 

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Aug 18, 2021

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish