category

News

“Paxta tolasini klassifikasiyalash, sertifikatlash va marketingi” kursida o’quv-amaliy darslari bo’lib o’tdi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining Mutaxassislar tayyorlash o‘quv bo‘limi tomonidan, agrosanoat sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni malakasini hamda bilim ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida mutaxassislarni soha bo’yicha malaka va tajribasi oshirilib, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan KMO 0301-sonli litsenziya va 030171-sonli tasdiqnomaga asosan “Paxta tolasini klassifikasiyalash, sertifikatlash va marketingi” kursining 2-2024-sonli guruhida 22-iyuldan 30- avgustgacha o’quv-amaliy darslari bo’lib o’tdi.            

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Aug 30, 2024

“Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi  tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi 2024-yil uchun tuzilgan ish-rejasi tegishli bandlari ijrosi ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-15 avgust kunlari Markazning Buxoro, Navoiy Samarqand viloyati filiallarida “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida ishtirokchilarga  korrupsiyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchilarga huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari muqarrarligi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, davlat xizmatlarini ko'rsatganlik uchun vujudga kelgan debitor qarzdorliklarni undirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi va ushbu debitor qarzdorliklarni undirish bo'yicha kerakli choralar belgilab olindi.        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Aug 20, 2024

Markazning hududiy filiallarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilganligi holati ko'zdan kechirilmoqda

Joriy yilning 12-15 avgust kunlari Markazning Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyati hududiy filiallrida ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilganligi bo'yicha o'rganish o'tkazildi. Ushbu o‘rganishdan asosiy maqsad,  O‘zagroinspeksiyaning 2024-yil 29-yanvardagi  02/4-4-209-sonli topshirig‘ida ko‘rsatilgan “O‘zagroinspeksiya” ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2024-yil 17-yanvardagi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish, soha bo‘yicha ushbu yo‘nalishdagi faoliyat natijadorligini tubdan oshirish. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi, hamda bartaraf etish choralari ko‘rildi.                    

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Aug 16, 2024

BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi tizimidagi vaziyatni baholash doirasida FAO ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda FAO mintaqaviy buyurosining vakillaridan biri janob Orjon Djodji boshchiligidagi xalqaro ekspertlar guruhi "O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi“ davlat muassasasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida, xalqaro ekspertlar Markazda joylashgan laboratoriyalar majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birga, xalqaro ekspertlarga "O‘zagroinspeksiya"ning agrar va oziq-ovqat xavfsizligi tizimidagi o‘rni hamda mahsulotlarni sifatini baholash va sertifikatlashtirish faoliyatiga doir jarayonlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.   Uchrashuv tomonlar o‘rtasida savol-javob tarzida tashkil etilib, xalqaro ekspertlarning savollariga "O‘zagroinspeksiya" mutaxassislari tomonidan atroflicha javob va tushuntirishlar berildi. Uchrashuv yakunida, xalqaro ekspertlar "O‘zagroinspeksiya"ning agrar va oziq-ovqat xavfsizligi tizimida olib borayotgan ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va xalqaro darajada amalga oshirilayotganligini ta’kidladi, shuningdek, O‘zbekistonda urug‘chilik xo‘jaliklariga yetkazib berilayotgan urug‘liklarning sifatiga katta e’tibor qaratilayotganiga yo‘naltirilgan ishlarni alohida e’tirof etdi.  Uchrashuv tomonlar o‘rtasida samimiy va ko‘tarinki ruhda kechdi. Eslatib o‘tamiz, 2023 yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev va  FAO bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan o‘tgan rasmiy uchrashuvda O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi 2030 yilgacha bo‘lgan yangi hamkorlik dasturiga uchta yo‘nalish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni kiritish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Ular: - qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, jumladan, tuproqni tartibga solish, urug‘larni saqlash va tanlash;  - qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, jumladan, «Qo‘lni qo‘lga» tashabbusi doirasida ma’lumotlardan foydalanish va «1000 ta raqamli qishloq» tashabbusini amalga oshirish; - yangi samarali moliyaviy vositalarni joriy etish. "O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati                    

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Aug 14, 2024

Markazning dala tajriba maydonida “G‘o‘zaning navdorligini aniqlash bo‘yicha seminar-trening” tashkil etildi

"Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi“ DMning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan dala tajriba maydonida 2024-yil 5-8 avgust kunlari o'tadigan “G’o’za maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish, hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha o‘quv kurslari doirasida, bugun 6 avgust kuni dala tajriba maydonida “G‘o‘zaning navdorligini aniqlash bo‘yicha seminar-treningi” tashkil qilindi.  Ushbu seminarda Markazning ko'p yillik tajribaga ega xodimlari qatorida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, korxonalar va ilmiy tadqiqot institutlari mutaxassis xodimlari ishtirok etdilar.            

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Aug 6, 2024

Markazda xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Joriy yilning 31-iyul kuni "O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasining markaziy urug‘chilik laboratoriyasiga Germaniya Federativ Respublikasining GIZ xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi dastur boshqaruvchisi Beate Schoreit boshchiligidagi bir qator vakillar tashrif buyurishdi. Uchrashuvda, o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va tajriba almashish maqsadida, ikki tomon o‘rtasida mutaxassislarni almashinuvi yo‘lga qo‘yish borasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.          

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Aug 1, 2024

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form