category

News

Turkiyalik mutaxassislarning soha bilan tanishuvi davom etmoqda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish Markazi rahbariyati, "O‘zagroinspeksiya", "Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi vakillari va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O‘simlikshunoslik bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo‘limi boshlig‘i Fatih Ahmet boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.   Delegatsiya aʼzolari Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, urug‘chilik bo‘yicha amaldagi qonun va qonunosti normativ hujjatlar, soha mutaxassislarini malakasini oshirish, tajriba almashish kabi masalalarni ko‘rib chiqdilar. Ikki tomon vakillari “Agroinspeksiya”da “O‘zbek-Turk” urug‘chiligi test markazi tashkil topishidan mamnuniyat bildirdi.  Shundan so‘ng mehmonlar Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida faoliyat yuritayotgan “Agrover” MCHJ kompaniyasiga tashrif buyurishdi.  Maʼlumot uchun: “Agrover” MCHJ – kartoshka klasterining markazi bo‘lib, u o‘zida korxona va mutaxassislarni birlashtiradi, uning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va eng muhim strategik madaniyati bo‘lgan kartoshkani amalga oshirishdir. Tashrif davomida Turkiyalik mutaxassislar Davlat va xususiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatilganlik darajasi bilan yaqindan tanishishdi.  Agrar va oziq-ovqat xavfsizligi tizimidagi xususiy sektorni o‘rni hamda mahsulotlarni sifatini baholash va sertifikatlashtirish faoliyatiga doir jarayonlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi. Uchrashuv tomonlar o‘rtasida savol-javob tarzida tashkil etilib, xalqaro ekspertlarning savollariga "O‘zagroinspeksiya" hamda “Agrover” MCHJ mutaxassislari tomonidan atroflicha javob va tushuntirishlar berildi. Uchrashuv yakunida, Turkiyaning soha vakillari “Agrover” MCHJda olib borilayotgan ishlar hamda davlat sektori bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va xalqaro darajada amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.      Uchrashuv tomonlar o‘rtasida samimiy va ko‘tarinki ruhda kechdi.              

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Sep 13, 2024

Hamkorlik: "O‘zagroinspeksiya" da "O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochish loyihasi muhokama qilindi

Xabaringiz bor, kuni kecha «O‘zagroinspeksiya» faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochish loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonga Turkiya delegatsiyasi tashrif buyurdi. Ushbu delegatsiya tarkibida Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O‘simlik sanoati bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo‘limi boshlig‘i Fatih Ahmet YENTUR boshchiligida vazirlikning Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar bosh boshqarmasi muhandisi Mustafa UZ, TTSM - Urug‘larni sinash va sertifikatlashtirish markazi direksiyasi muhandisi Bulent O‘ZTURK, ECOSA - Iqtisodiy hamkorlik Mamlakatlar urug‘chiligi assotsiatsiyasi bosh kotibi Muhteshem TORUN va TSÜAB - Urug‘chilik sanoatchilar va ishlab chiqaruvchilari quyi Ittifoqi qishloq xo‘jaligi muhandisi Ali GUMUSHlar tashrif buyurishdi. Ularga Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha attashesi Burhan Demirok janoblari hamrohlik qildi. Tashrif davomida mehmonlar «O‘zagroinspeksiya» va uning qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida bo‘lishib, Inspeksiyaning urug‘chilik sohasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda joriy yil 5 - 6 iyun kunlari ikki mamlakat Rahbarlari uchrashuvida ochilishi rejalashtirilgan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni «O‘zagroinspeksiya»da tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Shuningdek, Turkiya delegatsiyasi tomonidan rejalashtirilgan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni xalqaro ISTA qoidalari asosida tashkil qilish taklifi bildirildi. Bunda, ushbu tashkil qilinadigan markazda Xalqaro ISTA talablari asosida sabzavot, poliz ekinlari urug‘lariga ISTA sertifikatlarini berish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Uchrashuvda, tomonlar o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikrlar almashinib, «O‘zagroinspeksiya»da “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni tashkil qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi. Tashrif tafsilotlari batafsil yoritib boriladi                

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Sep 11, 2024

2024-yil paxta mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha seminar-trening tashkil qilindi

2024-yil paxta mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyat hududiy filiallari mas’ul mutaxassislarini bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida joriy yilning 9-10 sentabr kunlari O’z DSt ISO/IEC 17065:2015 “Muvofiqlikni baxolash mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlariga umumiy talablar” standart talablarini to‘g‘ri bajarilishi hamda “AGROSERT.UZ” milliy ma’lumotlar bazasida hujjatlarni rasmiylashtirish tartibilari bo‘yicha o‘quv seminar-treningi”ni tashkil qilindi. Ushbu seminarni ko’p yillik tajribaga ega mutaxassis xodimlar olib bordilar.               

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Sep 10, 2024

O‘zbekiston-Turkiya: hamkorlikning yangi bosqichi

“O’zagroinspeksiya” vakillari, Qishloq xo‘jaligi vaziligi mas’ullari va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O'simlik sanoati bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo'limi boshlig‘i Fatih Ahmet boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Samimiy ruhda boshlangan muloqotda “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni vazirlik huzuridagi “O‘zagroinspeksiya”da tashkil qilish masalasi muhokama qilindi. Binobarin, urug‘chilik bo‘yicha amaldagi qonun va qonunosti normativ hujjatlarni Turkiya tajribasi asosida maqbullashtirish, soha mutaxassislarini malakasini oshirish, tajriba almashish yuzasidan “Yo‘l xarita” ishlab chiqish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida kelgusida amalga oshirilgan va kelgusida qilishini lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Sep 10, 2024

Donli ekinlar urug‘larini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash bo‘yicha xulosa berish to‘g‘risida E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qarorining 13-ilovasiga asosan, yuridik va jismoniy shaxslardan donli ekinlar urug‘larini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash bo‘yicha urug‘lik donlarning namunalari 2024-yil 10-sentyabrga qadar qabul qilinishi belgilangan.  Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat yurituvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslardan ekish uchun tozalanib saralanib dorilangan urug‘lik don partiyalarining ko‘paytirish ko‘chatzori, original va elita avlodli urug‘liklari navlarining xar bir partiyasidan 3 kilogrammdan dalolatnoma asosida namunalar qabul qilinishini e’lon qilamiz.   Bizning manzilimiz: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur MFY, Bobur ko‘chasi 1-uy. Telefon +998 (97) 705-33-97      

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Sep 6, 2024

Xalqaro hamkorlik: ilg‘or tajribalar sohaga tatbiq etiladi

Avgust oyining so‘ngi kunlari "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" DMda sohaviy xalqaro aloqalarni mustahkamlash va "O‘zagroinspeksiya"ning oziq-ovqat xavfsizligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida kelgan mutaxassislar tashrifi bilan boy bo‘ldi. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oiziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sh.Umarov hamda Turkiya Respublikasi Turizm va madaniyat vazirligi huzuridagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Ali Riza Tezcan boshchiligidagi vakillardan iborat delegatsiya Markazga tashrif buyurdi.                

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Sep 4, 2024

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form