Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash yo‘nalishida Fransiya davlati bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda

Ayni kunlarda Fransiya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat barqarorligi vazirligi huzuridagi “SEMAE – Fransiya o‘simliklar va urug‘liklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan keng tarmoqli tashkiloti” taklifiga binoan «Ozagroinspeksiya» mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari laboratoriyalarini modernizatsiya qilish uchun grand mablag‘larini jalb etish maqsadida Fransiyada bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida mutaxassislar OESD – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Fransiya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat barqarorligi vazirligi, SOS – Sifat va nazorat departamenti, OSDE – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, SISASOV – Fransiya o‘simlik navlarini yaratuvchilarning intellektual mulk huquqlarini boshqarish tashkiloti, OSVV – Yevropa Ittifoqi agentligi (O‘simliklar navlari huquqlarining Yevropa Ittifoqi tizimi), GEVES – O‘simliklar navlarini baholash va urug‘lik sinovlari tashkiloti, kartoshka va makkajo‘xori urug‘chilik sektorlari (urug‘lik kompaniyalari va ularning laboratoriyalari) vakillari bilan uchrashib, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish doirasida ajratiladigan grand mablag‘lari qiymati va urug‘liklarni sertifikatlashtirishga oid masalalarda muzokaralar olib borilmoqda.

Shuningdek, tashrif doirasida sohani rivojlantirish va innovatsion g‘oyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

photo2025-01-1717-18-21-2.jpg

 

photo2025-01-1717-34-04-2.jpg

 

photo2025-01-1717-34-04.jpg

 

photo2025-01-1717-18-21.jpg

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Jan 21, 2025

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form