Markazda II-2023-sonli oʼquv kurs tinglovchilari navbatdagi amaliy mashgʼulotlarda ishtirok etdilar

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslari tinglovchilari navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda qatnashdilar.

Joriy yilning 16 avgust kuni II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan laboratoriyada tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra, navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar. 

Ushbu mashg'ulotlar jarayonida Markazning malakali mutaxassislari D.Nizamov va U.Xasanov guruh tinglovchilariga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligi, GMO va havfsizligini aniqlash hamda sertifikаtlаshtirish bo'yicha ma'lumotlar berib o'tidilar.

 

photo2023-08-1612-42-30.jpg

photo2023-08-1610-34-35.jpg


photo2023-08-1612-42-28.jpg

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Aug 16, 2023

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish