Aloqa
Yarim finalda musobaqa gʻolibligiga asosiy daʼvogarlardan biri sifatida eʼtirof etilayotgan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi jamoasi yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Ular “Xalq banki”ga 3-0 hisobida yutqazib qoʻyishdi. Xolbuki, uchrashuv davomida OʻFA jamoasi sezilarli ustunlikka erishdi. Ammo, lekin, biroq... omad kelmasa qiyin ekan!
Ikkinchi yarim final juftligida bu kabi musobaqalarda ilk marotaba qatnashayotgan "Agrosanoat majmuyida xizmatlar koʻrsatish markazi" DUK jamoasi Davlat bojxona qoʻmitasi ustidan 2-1 hisobida gʻalabaga erishdi va finalga yoʻl oldi. Jamoamizga omad yor bo'lsin!
½ final
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi – “Xalq banki” – 0:3
Agrosanoat majmuyida xizmatlar koʻrsatish markazi DUK – Davlat bojxona qoʻmitasi – 2:1
3-oʻrin uchun
29-oktyabr, soat 10:00
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi – Davlat bojxona qoʻmitasi
Final
30-oktyabr, soat 16:00
“Xalq banki” – Agrosanoat majmuyida xizmatlar koʻrsatish markazi DUK
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish