Markaz faoliyatini raqamlashtirish maqsadida, yangi axborot tizimi ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi faoliyatini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda  inson omilini kamaytirish, ortiqcha ovoragarchiliklar va korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida, “agrosert.uz” domeni ostida onlayn platforma ishga tushirildi. 

Ushbu tizim orqali qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar hamda paxta mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlarni onlayn ravishda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. 

Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun onlayn tarzda arizalar qabul qilinadi. Foydalanuvchilarga qo‘lay bo‘lishi uchun tizimga elektron raqamli imzo (ERI) orqali kirish yo‘lga qo‘yilgan. 

Bugungi kunda “agrosert.uz” axborot tizimini yanada takomillshtirish maqsadida, boshqa davlat tashkilotlarining tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

 

mdff.jpg

 

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Mar 26, 2024

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form