Turkiya un sanoati federatsiyasi–(TUSAF) tomonidan Turkiyaning Antaliya shahrida joriy yilning 13–16-fevral kunlari “Barqaror kelajak” nomidagi XIX-Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi

Kongressda, un, makaron va yem ishlab chiqaruvchilar, ularni yetkazib beruvchilar, un tegirmon uskunalari va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar korxonalar rahbarlari va mutaxassislari, 1300 dan ortiq milliy, 40 nafar xalqaro delegatlar, 500 dan ortiq kompaniyalar va 1000 dan ortiq yirik tashkilot vakillari, jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va "Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" DM xodimlaridan iborat 4 nafar mutaxassislari ishtirok etishdi. 

"Oʼzagroinspeksiya" mutaxassislari tomonidan Kongress ishtirokchilariga Oʼzbekiston Respublikasida don va un sohasidagi islohotlar va qilingan ishlar yuzasidan maʼlumotlar bilan ulashildi. Shu bilan birga don va uni qayta ishlash sohasidagi innovatsion texnologiyalar bilan tanishildi.

"Oʼzagroinspeksiya" delegatlari tomonidan mazkur Kongress davomida don va don mahsulotlarini kleykovina va nonvoyboplik sifatini oshirish va eksport bob mahsulot ishlab chiqarish boʼyicha innovatsion texnologiyalar bilan tanishishga erishildi.

 

photo2025-02-1411-52-34.jpg

 

photo2025-02-1415-40-54.jpg

 

zzzzzxasdscereww.jpg

  

photo2025-02-1415-40-54-2.jpg

 

photo2025-02-1413-10-58.jpg

 

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Feb 20, 2025

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish