O'zbekiston–Avstraliya: paxtachilik, g‘allachilikda yangi navlar seleksiyasi va urug‘chiligi o‘rganilmoqda

Shu kunlarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi direktori J. Karimov agrar soha olimlaridan iborat delegatsiyasi bilan Avstraliya mamlakatida bo'lib turibdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Brisben shahrida joylashgan “Barenbrug” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda, paxtachilik va g‘allachilikda navlarning seleksiyasi va urug‘chiligi, genetik modifikatsiyalangan g‘o‘za navlarini yaratish, shuningdek, urug‘ еtishtirishdagi ilg‘or innovatsion texnologiyalarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Gundivindi va Narrabri shahrida joylashgan “G‘allachilik ilmiy-tadqiqot instituti, McIntyre Downs, Proclass, SMK, Corish, Goanna Ag, Hayes Spraying Wee Waa, Cotton Australia va Cotton Research & Development Corporation (CRDC)” kompaniyalarida uchrashuv va muzokaralar olib bordi.

Ushbu kompaniyalarning vakillari tomonidan, g‘o‘za urug‘chiligi, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirilish tizimi, agrokimyo (o‘g‘itlash qo‘llash jarayonlari), kasallik va zarrakunandalarga qarshi kurash, rentabellik darajalari bo‘yicha bir qator ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tildi.

 

photo2025-01-2421-45-00.jpg

 

photo2025-01-2421-45-00-2.jpg

 

photo2025-01-2421-45-00-5.jpg

 

photo2025-01-2421-45-00-4.jpg

 

photo2025-01-2421-45-00-3.jpg

 

photo2025-01-2421-45-01.jpg

 

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Jan 24, 2025

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish