Markazning paxta yoʼnalishi tomonidan koʼrsatilgan xizmalar toʼgʼrisida

Markazning paxtachilik yoʼnalishi tomonidan pahta mahsulotlarini sifat koʼrsatkichlarini aniqlash, sertifikatlashtirish boʼyicha quyidagi xizmatlar koʼrsatiladi.

Sertifikatlashtirish ishlari boʼyicha

Buyurtmachilarning sertifikatlashtirish yuzasidan bergan arizalariga asosan, 2023 yilning 11 oyida jami Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyat filiallari tomonidan jami 205 864 tonna paxta tolasi sifat, 25 344 tonna paxta momigʼi, 647 251 tonna texnik chigit sertifikatlandi.

Bundan tashqari, Respublika yogʼ-moy korxonalarida tashkil etilgan chigit sinov laboratoriyalaridagi YaMR-analizatorlari yordamida 199 083 tonna texnik chigit yogʼdorligi aniqlanib, belgilangan tartibda sinov bayonnomalari rasmiylashtirilib berildi.

 

Qoʼshimcha ishlar boʼyicha

Bugungi kunga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi xuzuridagi “Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi” qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baxolash markazi” davlat muassasi standart namunalar tayyorlash boʼlimi tomonidan Respublika paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlarini nav va sinf koʼrsatkichlarini organaliptik usulda aniqlash uchun tashqi koʼrinish standart namunalari tayyorlash va yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda.

Standart namunalar tayyorlash boʼlimi tomonidan 2023 yilning 11 oyida 30 ta komplekt paxta tolasi, 10 ta komplekt paxta momigʼi, 98 ta komplekt texnik chigit va 2 ta komplekt toʼshakbob momiqlarning tashqi koʼrinish standart namunalari laboratoriyalariga yetkazib berildi.

Bundan tashkari Paxta-toʼqmachilik klasterlari va xorijiy korxonalarning murojatlariga asosan 2 ta komplekt paxta tolasi hamda 6 ta komplekt texnik chigit tashqi koʼrinish standart namunalari tayyorlab berildi.

 

 




 

978s67s.jpg

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Dec 13, 2023

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form