Donli ekinlar urug‘larini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash bo‘yicha xulosa berish to‘g‘risida E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qarorining 13-ilovasiga asosan, yuridik va jismoniy shaxslardan donli ekinlar urug‘larini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash bo‘yicha urug‘lik donlarning namunalari 2024-yil 10-sentyabrga qadar qabul qilinishi belgilangan. 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat yurituvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslardan ekish uchun tozalanib saralanib dorilangan urug‘lik don partiyalarining ko‘paytirish ko‘chatzori, original va elita avlodli urug‘liklari navlarining xar bir partiyasidan 3 kilogrammdan dalolatnoma asosida namunalar qabul qilinishini e’lon qilamiz.  

Bizning manzilimiz: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur MFY, Bobur ko‘chasi 1-uy. Telefon +998 (97) 705-33-97

 

photo2024-09-0621-44-54.jpg

photo2024-09-0621-44-55-2.jpg

 

photo2024-09-0621-44-55.jpg

 

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Sep 6, 2024

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form