Markazda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 61-sonli Qaroriga muvofiq, joriy yilning 24 fevral sanasida Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan Toshkent davlat аgrаr universiteti professor-o'qituvchilarini jalb qilgan holda tayyorlangan videodarslar asosida lotin yozuvi qonun-qoidalari, ish yuritish va hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

Tashkil etilgan mashg'ulotlarda markaziy apparat, don, paxta, urug'chilik yo'nalishlari hamda xududiy filiallar xodimlari ishtirok etdilar.

Ushbu darslar orqali xodimlarning o‘zbek adabiy tili me‘yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, shuningdek, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitish maqsad qilingan. Bundan tashqari, nutq madaniyati va notiqlik mahorati, yozma va og‘zaki nutq borasidagi savodxonligini oshirish nazarda tutilgan.

 

photo2023-02-2410-23-56-4.jpg

 

photo2023-02-2410-23-56-3.jpg

 

photo2023-02-2410-23-56-2.jpg

 

photo2023-02-2410-23-55.jpg

 

photo2023-02-2415-10-41.jpg

 

photo2023-02-2415-10-13.jpg

 

photo2023-02-2411-12-47.jpg

 

photo2023-02-2411-12-48.jpg

 

photo2023-02-2410-42-18.jpg

photo2023-02-2410-06-05.jpg

 

photo2023-02-2408-48-16-2.jpg

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Feb 24, 2023

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish