Aloqa
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, loyiha doirasida Qishloq xo‘jaligi sohasida mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlaydigan xizmat ko‘rsatuvchilarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 2 kunlik seminar trening o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 22-yanvar kuni Markaz mutaxassislari ushbu seminarda ishtirok etdilar.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish