21 fevral Xalqaro ona tili kuni

YuNESKO tashkiloti tomonidan 21 fevral – Xalqaro ona tili kuni deb eʼlon qilingan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda nishonlanib kelinmoqda.

Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning oʼz milliy tafakkuri, maʼnaviyati, ruhiyatining oʼzagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi oʼz aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning oʼz Vatani va oʼz tiliga boʼlgan muhabbati, unga boʼlgan ehtiromi, qadrlash tuygʼulari yangilanadi.

Shu munosabat bilan 21 fevral sanasida Markazning majlislar zalida Markaz xodimlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Tadbirda oʼzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirishga qaratilgan islohotlar, xususan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tarixiy ahamiyatga molik saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi. Ona tilimizning qadr-qimmatini yuksaltirish, unga hurmat va ehtirom koʼrsatish yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, oʼz tilini asragan millatning istiqboli farovon boʼlishi taʼkidlandi.

 

photo2023-02-2116-21-28.jpg

 

photo2023-02-2116-26-58.jpg

 

photo2023-02-2116-21-34.jpg

 

photo2023-02-2116-21-29.jpg

 

photo2023-02-2116-21-37.jpg

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Feb 21, 2023

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish