BMTning oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) xalqaro eksperti bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugungi kunda, Birlashgan millatlar tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi (FAO) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “СOVID-19 ga javoban kartoshkachilik sohasini tiklash va rivojlantirish” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Ushbu loyiha ilg‘or tajribalar asosida barqaror kartoshka yetishtirish tizimini rivojlantirish, koronavirus pandemiyasining kartoshka tarmog‘iga salbiy taʼsirining oldini olish, kartoshka navlarini ro‘yxatga olish va urug‘lik kartoshkasini sertifikatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

Shu maqsadda, loyiha doirasida 2022 yilning 22 avgustidan 26 avgustiga qadar FAO ning kartoshka bo‘yicha xalqaro eksperti janob Mehmet Emin Chalishkan O‘zbekistonda bo‘lib, manfaatdor tomonlar bilan uchrashuv o‘tkazish, shuningdek, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi nav sinov maydonchalariga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan

Bugun 23 avgust kuni, “O‘zagroinspeksiya” huzuridagi "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" davlat unitar korxonasida  FAO xalqaro ekspertini Respublika hududlarida urug‘lik kartoshkani sertifikatlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida “O‘zagroinspeksiya” masʼul xodimlari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Agroinspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazort qilish bo‘limi boshlig‘i X. Maxmudov va Markazning markaziy laboratoriya mudiri U. Xasanovlar ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan urug‘lik kartoshka yetishtirish hajmini yildan yilga ko‘paytirish borasida qabul qilinayotgan qarorlar, shuningdek, kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishda xususiy sektorning roli, bugunda urug‘lik kartoshkani sertifikatlash, saqlash va realizatsiya qilinishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etdilar.

Markaziy Osiyoda kartoshka isteʼmoli aholi jon boshiga yillik 52,6 kg ni tashkil etadi, shuning uchun,  unga nisbatan "ikkinchi non" iborasi qo‘llaniladi.  Qolaversa, kartoshka oziq-ovqat xavfsizligi, to‘yimliligi va daromad olish uchun eng katta salohiyatga ega asosiy ekin turi hisoblanadi.

Mamlakatimizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida 150 dan oshiq kartoshka navlari yetishtiriladi. Umumiy maydoni 130 ming gektar bo‘lgan hududlarda hozirda o‘rtacha hosildorlik gektariga taxminan 22 tonna, yiliga jami hosil taxminan 2,9 mln tonnani tashkil etadi. 1,8 million tonna kartoshka ichki isteʼmol uchun ishlatiladi, 700 ming tonna hosil tabiiy va texnik vositalar tufayli yo‘qotilsa, 450 ming tonnasi urug‘lik fondi zaxirasiga jo‘natiladi, 130 ming tonnasi esa xo‘jaliklarda saqlanadi.

Bundan tashqari, har yili aholi isteʼmoli uchun O‘zbekistonga taxminan, 250 ming tonna kartoshka Rossiya, Qozog‘iston, Pokiston va Belarus kabi davlatlardan import qilinadi.

Uchrashuv so‘ngida Birlashgan millatlar tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning xalqaro eksperti janob M. Chalishkan kartoshka yetishtirishda jahon tajribasi bilan o‘rtoqlashib, o‘zini qiziqtirgan bir qator savollarga Agroinspeksiya vakillaridan javoblar oldi.

 

photo2022-08-2318-14-17.jpg

photo2022-08-2318-14-17-2.jpg

 

Manba: "O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Aug 23, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish